AsosiyJamiyat

ALMAZBEK ATAMBOEV MUSTAQILLIK VA EZGULIK MONUMENTIGA GUL QO`YDI

'ALMAZBEK ATAMBOEV MUSTAQILLIK VA EZGULIK MONUMENTIGA GUL QO`YDI'ning rasmi

Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan bo`lib turgan Qirg`iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboev O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo`lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo`ydi.

Qirg`iziston Prezidenti ushbu muazzam maydon O`zbekistonning tinchliksevar siyosatini, xalqimizning bunyodkorlik va farovonlik yo`lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini alohida ta`kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida O`zbekiston barcha sohalarda ulkan yangilanishlar yo`lidan bormoqda. Mustaqillik maydoni me`moriy echimi, teran ma`no-mazmuni bilan ana shu taraqqiyotning yuksak sur`atlarini ifoda etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maydon markazida qad rostlagan Mustaqillik va ezgulik monumenti O`zbekiston tanlagan yo`l – Mustaqillik yo`lini targ`ib qilishda, o`zbek xalqining bunyodkorlik salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega, dedi Almazbek Atamboev.

    Boshqa yangiliklar