Avvalo, o`zingizni sevishni o`rganing. Siz go`zalsiz!
- Turmush qurgan ayollar o`zlariga qaramay qo`yishadi. Xotinlikdan onalikka o`tib ketishadi. Natijada o`z eriga ham onalik qila boshlashadi. Ammo erga nazokatli ayol kerak.
- Siz ayolsiz, o`zingizni doim nazorat qiling, parvarishlang. Parvarishlang deganda aksariyat ayollarimiz salonga borib, sochini turmaklatishu pardoz qildirishni tushunishadi. Yo`q, har kunlik taomnomangizga e`tiborli bo`ling, meva-sabzavotlardan ko`proq iste`mol qiling.
- O`zingizga turli bahonalar qidirmang. «Vaqtim yo`q», demang, bugun televizor kamroq ko`ring, qo`shni kelinlar bilan kamroq gaplashing, ammo o`zingizga vaqt toping. O`z hayotingizni to`laqonli yashang.
- Harakat, harakat va yana bir bor harakat — shioringiz bo`lsin!
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






