O`zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi, Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov, bugun 3 oktyabr kuni 35 yoshini qarshi oldi.
2002 yili milliy terma jamoa safida o`z debyutini o`tkazgan Server Jeparov ayni vaqtda O`zbekiston termasi tarkibida eng ko`p o`yin o`tkazgan futbolchi sifatida qayd etilgan.
Jeparovning o`ynagan klublari: “Navbahor”, “Bunyodkor”, “Seul” FK (J.Koreya), “Ash-Shabab” (Saudiya Arabistoni), “Seongnam” (J.Koreya), “Ulsan Xyunday” (J.Koreya), “Lokomotiv” Toshkent, “Sepahon” (Eron, ijara), “Istiqlol” Tehron (Eron).
Terma jamoadagi o`yinlari va gollari soni: 124 o`yin, 25 gol
Osiyoning eng yaxshi o`yinchisi: 2008 va 2011 yillar






