"Darakchi" gazetasining "O`zbegim oshxonasiga" loyihasining mehmoni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Behzod MUHAMMADKARIMOV. Aktyor yarim yil dengiz mahsulotlaridan taom pishirish bo`yicha tajriba orttirgani bois gazetxonlarga ham shu mahsulotdan maxsus taom tayyorladi. Uning mahoratiga hatto, «Palet» restoraning oshpazi Nodir ARIPOV ham tan berdi...
Taom uchun zarur masalliqlar:
- 50 gr. losos balig`i ( yoki istalgan baliq ),
- 3 dona krevetka,
- 20 gr. zaytun yog`i (yoki kungaboqar yog`i),
- Salat bargi – yashil va qizili, “aysberg”, rukkola,
- Tuz, murch.
Sous uchun zarur masalliqlar:
- 2-3 dona konservalangan mango mevasi,
- 30 gr. yumshoq pishloq.
Bezak uchun zarur masalliqlar:
- Yarimtaapelsin,
- 4 dona cherri pomidori,
- 4 dona zaytun donachalari,
- Tayyor qora balzamik sousi.
Taom tayyorlanishi:
Baliq to`rtburchak shaklda to`g`raladi.





Sous tayyorlanishi:
Konservalangan mango bilan yumshoq pishloqni blenderda sous holatiga keltirib olinadi.



Bezak tayyorlanishi:
Ko`katlar qo`lda o`rtacha kattalikda bo`lib chiqiladi.




AKTYoRDAN FOYDALI MASLAHATLAR
MAHSULOTLARNI SAQLASh:
- Kartoshka va piyozni birga saqlamang. Yo`qsa, o`zaro reaksiyaga kirishib, piyoz yaroqsiz holga keladi. Kartoshkani qorong`u erda asrang.
- Pomidorni muzlatgichga qo`ysangiz, yumshab foydali xususiyatlarini yo`qotadi. Yorug` joyda saqlasangiz tez etiladi. Eng yaxshi usul – qorong`u erda, xona haroratida saqlash.
- Ziravorlarni muzlatgichda saqlamang. Bo`lmasa, namlik va sovuq sabab ta`mi o`zgaradi.
- Yashil ranglisi – suyaklarni mustahkamlaydi.
- Olov ranglisi – immunitetni ko`taradi va ko`rish qobiliyatingizni oshiradi.
- Qizil ranglisi – qarilik va saratonning oldini oladi.
Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV






