Zarur masalliqlar: 300 gr. qatlama xamir, 250 gr. tvorog, 200 gr. qovoq, 50 gr. mayiz, tuz, shakar, dolchin, o`simlik yog`i.
Tayyorlanishi: 1. Qovoqni maydalab, to`rtburchak shaklda to`g`rang-da, shakar seping. Єizdirilgan o`simlik yog`ida qovoq yumshaguncha pishirib oling.
2. Tvorog va mayizni qovoqqa solib, yaxshilab aralashtiring.
3. Qatlama xamirni yoyib, to`rtburchak shaklda kesing. Qovoqli qiymadan solib buking. Somsalarni yog`langan qolipga terib, 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaqa qo`ying. So`ngra dolchin va qand upasi sepib, yana 5 daqiqa gaz pechida qoldiring.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
4 kishilik.
Manba: “SUG‘DIYONA” gazetasi






