— Olti yoshli o`g`limning burni tez-tez qonab turadi. Bu qon suyulishi bilan bog`liqmi?
N.Rahmonova, Quyi Chirchiq
Magina ARTIKOVA, shifokor-pediatr:
— Burun qonashi har doim ham qonning suyuqlashib ketishi bilan izohlanmaydi. Burun kasalliklari, tomirlar mo`rtligi va ushbu sohadagi turli jarohatlarda ham burun qonashi kuzatiladi. Shu bilan birga, tumovda qo`llaniladigan preparatlar ham burun qonashiga sabab bo`lishi mumkin. Ushbu preparatlar burun qon tomirlarining qurishiga olib keladi. Farzandingizdagi o`zgarishlarga to`g`ri tashxis qo`yish uchun qon tahlili topshirib, qonning ivish holatini tekshirtiring. Pediator va otolaringolog ko`rigi ham talab etiladi. Burun qonaganidazinhor boshni orqaga tashlab bo`lmaydi. Qon oqishini to`xtatish uchun burun sahasiga muzdek grelka qo`yiladi.






