AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: QOVOQ URUG`I PARAZITLARNI TUShIRADIMI?

'Shifo maslahat: QOVOQ URUG`I PARAZITLARNI TUShIRADIMI?'ning rasmi

— Xalq tabobatida xom qovoq urug`ini iste`mol qilish organizmdagi parazitlarni tushirishda yordam berishi aytiladi. Chindan ham shu rostmi?

J.Ermatova, Sirdaryo viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Haqiqatan ham qovoq urug`ini xomligicha quritib, ichidagi mag`zi nahorga eyilsa, gijjalarni tushirishga yordam berishi mumkin. Ammo bu ko`makchi vosita bo`lib, shifokor buyurgan asosiy muolaja bilan birgalikda bajarilsa, naf berishi mumkin. Bordi-yu faqat qovoq urug`i iste`mol qilinishi bilan kifoyalansangiz, natija kutilganidek bo`lmaydi. Qovoq urug`i eyilganida sut-qatiq mahsulotlari iste`mol qilinmasligi lozim.

    Boshqa yangiliklar