AsosiyJamiyat

TAShQI IShLAR VAZIRI ETTB DELEGASIYaSI BILAN UChRAShDI

'TAShQI IShLAR VAZIRI ETTB DELEGASIYaSI BILAN UChRAShDI'ning rasmi

2017-yilning 3-oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining (ETTB) Markaziy Osiyo va Rossiya bo`yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Uchrashuvda O`zbekiston va YTTB o`rtasidagi hamkorlik kun tartibi shakllanishini nihoyasiga etkazish istiqbollari hamda bankning Toshkent shahrida Vakolatxonasini ochilishining amaliy jihatlari muhokama qilindi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xixmati.

YTTBning O`zbekiston bo`yicha 5 yillik Strategiyasi loyihasi ustidagi ishning borishi, shuningdek, Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan Xalqaro investisiya forumi va “Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: strategik istiqbollar va tadbiq etilmagan imkoniyatlar” konferensiyasida bankning ishtirok etishi yuzasidan fikr almashildi.

    Boshqa yangiliklar