2017 yilning 2 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo`shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Uchrashuvda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 18-20 sentyabrda AQShga tashrifi yakunlari, AQShning yirik biznes vakillari bilan uchrashuvlar hamda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Muzokaralar chog`ida turli darajalarda bo`lajak ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali va kun tartibi, jumladan Samarqandda BMT shafeligida noyabr oyida o`tkaziladigan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo`lidagi hamkorlik” mavzusiga bag`ishlangan yuqori darajadagi xalqaro anjumanda AQSh delegasiyasi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi.






