Yuzingiz o`z ko`rinishi bilan sizni quvontirishi uchun uni doimiy parvarishlash zarur. Parvarishlashni esa yuzni tozalashdan boshlang. quyidagi tozalash uslubi xuddi go`zallik salonidagidek samara beradi.
1. Sochlarning µammasini tepaga yig`ib, yuzingizni chaying.
2. Qaynayotgan suv ichiga 2 osh qoshiq quritilgan moychechak gulidan soling, so`ng uni gaz pechidan oling. Boshingizni sochiq bilan o`rab olib, yuzingizni bug`ga 5-7 daqiqaga tutib turing.
3. 1 osh qoshiq soqol olish uchun mo`ljallangan ko`pikka yarim choy qoshiq iste`mol sodasidan solib, yaxshilab aralashtiring. Bug`da yumshagan yuzingizga niqobni surting, ko`z atrofi va labga tegmasin
4. Yuz uchun maxsus cho`tkada, agar u bo`lmasa yumshoq tish cho`tkasida, yuzni eµtiyotkorlik bilan ishqalang. Asosiy e`tiborni burun va peshanaga qarating. So`ng yuzni suv bilan yuving.
5. Oynaga qarang. qora nuqtalar yo`q, ulardan asar µam qolmadi. Yuz teshiklari toza, terisi esa juda silliqlashdi,
6. Endi esa ikkinchi niqobni tayyorlaymiz. Dorixonlarda sotiluvchi maxsus loyga 1 choy qoshiq zaytun yog`idan solib, bo`tqa µoliga keltiring. Tayyor niqobni yuzingizga 15-20 daqiqaga, toki qurigunicha surtib qo`ying, ko`z va labga tegib ketmasin.
7. Niqobni yuvib tashlang, yuzni sochiq bilan qurutib, istalgan yumshatuvchi kremdan surting. Mana, yuzingiz top-toza bo`ldi.
Manba: «Sug'diyona» gazetasi






