AsosiyHi-tech

BEPUL VA ­XAVFSIZ ELEKTR ENERGIYaSI KERAKMI?

'BEPUL VA ­XAVFSIZ ELEKTR ENERGIYaSI KERAKMI?'ning rasmi

Endilikda oddiy suv oqimidan ham bepul va xavfsiz elektr energiyasini olish mumkin...

Suv tubiga joylashtirilgan kichik quvurchalar suvning aylanma harakatidan elektr energiyasi ishlab chiqarib, uni katta elektr to`plovchi generatorga yo`naltiradi. Elektr hosil qiluvchi quvurchalar suv tubiga qancha chuqur joylashtirilsa, elektr energiyasini hosil qilish shuncha oshadi. Germaniyalik ixtirochilar mazkur ixtironi 100 metr chuqurlikdagi hovuzda sinab ko`rishdi va a`lo darajali natijaga erishishdi.

Tajriba davomida olimlar tomonidan qilingan sa`y-harakatlar o`zini isbotladi. Bu ixtiro Germaniya iqtisodiyot va texnologiyalar vazirligining e`tiborini tortdi. Shuningdek, dengiz bo`yi mamlakatlari ham bu ixtiroga befarq emas.

    Boshqa yangiliklar