Sir emaski, hozirda velosipedlardan foydalanish oldingi davrlarga qaraganda ancha yuksaldi. Kimdir o`qishga, yana kimdir ishga shaxsiy velosipedida boradi. Uning tabiat va albatta, inson sog`ligi uchun juda katta foydasi bor. UrbanX kompaniyasi uning foydasini yana bir pog`ona ko`tarishga erishdi. Qanday qilib deysizmi?
Endi sizning oddiy velosipedingiz ham elektr energiyasini ishlab chiqara oladi. Bu oldingilariga qaraganda yanada qulay va hamyonbopdir. Chunki siz endi butun bir velosipedni emas, balki faqatgina velosiped old g`ildiragini almashtirsangiz bo`lgani. Mazkur ixtiro Evropa bo`ylab katta qiziqishlarga sabab bo`ldi. Elektr hosil qiluvchi ixtironing narxi 299 AQSh dollari deb belgilanmoqda. G`ildirakni shu yilning o`zidayoq sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.






