AsosiySavol-javob

​ENDOKRINOLOGIYa MARKAZIDA DAVOLANISh KIMLARGA BEPUL?

'​ENDOKRINOLOGIYa MARKAZIDA DAVOLANISh KIMLARGA BEPUL?'ning rasmi

ENDOKRINOLOGIYa MARKAZIDA DAVOLANISh BEPUL EMASMI?

Respublika Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida qandli diabet kasalligi bo`yicha davolanish nega bepul emas? Dorini ham sotib olamiz, yotish uchun shifoxonaga ham pul to`lash kerak...

F.Sharipov, O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Davolash profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarma boshlig`i:

— Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi turli toifadagi aholi uchun belgilangan tariflarga ko`ra pullik xizmat asosida, tashxislash va davolash sifati standartlariga mos keluvchi barcha turdagi tibbiy yordamni ko`rsatadi.

Mazkur markaz mavjud bo`lgan yotoq fondining va poliklinikaning qatnovlar quvvatining 30 foizi miqdorida, davlat byudjet mablag`lari hisobiga imtiyozli toifadagi shaxslar uchun respublika sog`liqni saqlash organlari tomonidan belgilangan tartibda berilgan maxsus yo`llanma (order) asosida bepul, yuqori malakali. ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatadi.

Imtiyozli shaxslar ro`yxatiga quyidagn toifadagi shaxslar kiritilgan:

  • bolalikdan nogironlar
  • chin edimlar
  • I va II guruh nogironlari.
  • 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari. Shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar.
    • yoshga oid pensiyaga chiqqan ishlamaydigan shaxslar
    • I 941-104 5 yillardagi urush davrida mehnat jabhasiniig qatnashchilari
    • Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironlar.
    • Baynalmilalchi janchilar
  • Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish opganlaridan moddiy yordam oluvchi kam ta`minlangan oilalarga mansub shaxslar

Bepul davolanish uchun orderlar imtiyozli toifadagi shaxslar uchun shifokor-maslahat komissiyasi xulosasi asosida O`zbekiston respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi SSV, Tashkent shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyat sog`liqni saqlash boshqarmalarida beriladi.

Markazga bepul davolanish uchun maxsus yo`llanma (order )siz murojaat qilgan shaxslarga belgilangan tartibda pullik xizmat ko`rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar