AsosiyJamiyat

​27 SENTYaBR KUNI O`ZBEKISTONNING AYRIM JOYLARIDA YoMG`IR YoG`ADI

'​27 SENTYaBR KUNI O`ZBEKISTONNING AYRIM JOYLARIDA YoMG`IR YoG`ADI'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 27 sentyabr kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun va ertalab yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-12, kunduzi 23-25 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 6-11, kunduzi 15-20 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent viloyatida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kechqurun va ertalab yomg`ir yog`ishi mumkin. Kunduzi yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ayrim joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 7-12, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, ayrim tumanlarda havo o`zgarib, yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar