Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) Osiyo mintaqasidan JCh–2018 turniriga saralashning pley-off bosqichi javob o`yini – Avstraliya va Suriya o`rtasidagi bellashuvga rasmiylarni tayinladi. Unga ko`ra, o`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov bosh hakam bo`lib ishlaydi.
Tajribali hakamga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. To`rtinchi referi vazifasi Ilgiz Tantashevga yuklatildi. Birlashgan Arab Amirliklari vakili Ali Muhammad Bujsaim hakamlar ishiga baho beradi. Komissar – Salmon Muhammad Nashman (Saudiya Arabistoni).
Avstraliya – Suriya javob o`yini 10 oktyabr kuni Sidney shahridagi Australia Stadium maydonida bo`lib o`tadi. O`yin mahalliy vaqt bilan 20:00 da start oladi. Jamoalar o`rtasidagi dastlabki bellashuv esa 5 oktyabr kuniga belgilangan, deya xabar beradi O`FF matbuot xizmati.






