Bu yil O`qituvchi va murabbiylar kuni (1 oktyabr) yakshanba kuniga to`g`ri keladi, u kalendarda dam olish kuni deb belgilangan. Bu kun mening ta`til davrimga to`g`ri kelar ekan. Tashkilotimizda 5 kunlik ish haftasi belgilangan. Bu kun yillik mehnat ta`tilimga qo`shimcha sifatida qo`shiladimi?
Farruxjon Fayziev, huquqshunos:
— Darhaqaqiqat, ushbu bayram kuni mehnat ta`tilingizga qo`shiladi.
Odatda ta`tillarning muddati 6 kunlik ish haftasi yuzasidan kalendar bo`yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi (bu 2 dam olish kuni bo`lgan 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan korxona va tashkilotlarga ham tegishli).
Biroq ta`til davriga to`g`ri kelib qolgan va Mehnat kodeksining 131-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta`til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.





