Muammo: tabiatan och tusli bo`lgan sochlaringiz rangi xiralashib, to`kilsa…
Yordam: moychechak damlamasi bilan chaying. Tarkibida salisil kislotasi mavjudligi sabab moychechak och tusli sochlarga tabiiy rangini qaytaradi. Shuningdek, kislota teri qoplamini silliqlashtirib, sochlarga oltin tus bag`ishlaydi.
Resept: 2 stakan suvni qaynatib, ichiga 5-6 paketchada yoki osh qoshiqda moychechak soling va 20 daqiqaga tindirib qo`ying. Boshingizni shampunlab yuvgach, moychechak damlamasi bilan chaying. Sochlaringizni fen ishlatmay, o`z holicha quriting.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






