Bola parvarishlash tizimini isloh qilish sohasida O`zbekiston hukumati bilan hamkorlik olib borish imkoniyatlarini o`rganib chiqish uchun 2017 yil 14-18 sentyabr kunlari UNICEF tashkiloti O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda O`zbekistondagi institusional bolalarni parvarishlash muassasalariga, shu jumladan Bolalar uylari, “Mehribonlik uylari” va Bolalar shaharchasiga tashrif buyurdi.
UNICEF O`zbekiston hukumati va institusional bolalarni parvarishlash muassasalari xodimlari tomonidan ota-onalarining homiyligisiz qolgan bolalarni sog`-salomat ulg`ayishlari va rivojlanishlari uchun maqbul sharoitlar bilan ta`minlash yo`lida qilinayotgan sa`y-harakatlarni yuqori baholaydi va qadrlaydi.
Shu bilan birga, UNICEF Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 avgustdagi 263-sonli Qarorida har bir bola uchun oilaviy muhitni yaratish naqadar muhimligi, BMTning bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiyasiga muvofiq bolalarni institusional bolalarni parvarishlash muassasalariga joylashtirish eng oxirgi chora ekanligi ko`rsatib o`tilganligini ma`qullaydi.
«Bolaning optimal rivojlanishi bola unga g`amxo`rlik qilayotgan shaxsga xavfsiz bog`lanib qolishiga butkul bog`liqdir, bunga esa faqat oila sharoitida erishish mumkin», - deb e`tirof etdi UNICEFning O`zbekistondagi Vakolatxonasi Rahbari Sasha Graumann. «Oilalarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha xizmatlar doiralarini kengaytirish va shu jumladan nogiron bolalar uchun ham kunduzi kelib turish xizmatlarini rivojlantirish hamda bolalarni noinstitusionallashtirishni yanada davom ettirish bolaning oilaviy sharoitlarga ega bo`lish huquqini amalga oshirishga xizmat qiladi».
UNICEF tashkiloti BMT inson huquqlari bo`yicha Qo`mitasining tavsiyalari hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 avgustdagi 263-sonli Qarorida ko`rsatilgan yo`nalishlarga muvofiq, bolalarni parvarishlash tizimida islohotlarni amalga oshirishda O`zbekiston Hukumatiga yordam ko`rsatishga tayyor ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda.






