AsosiyJamiyat

​ POYTAXTDA 103 MING TUP DARAXT O`TQAZILADI

'​ POYTAXTDA 103 MING TUP DARAXT O`TQAZILADI'ning rasmi

Prezidentning 11 sentyabr 2017 yildagi qarori bilan 2018-2020 yillarda avtomobil yo`llarini, shu jumladan, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llari va shaharlar ko`chalarini ko`kalamzorlashtirish dasturi tasdiqlandi.

3 yil ichida yo`llar bo`ylab 1,6 milliontadan ortiq, shahar ko`chalarida esa 782 ming (ularning 103 tasi poytaxtimizda) daraxt va butalar o`tqazish rejalashtirilgan. Dasturda qarag`ay, zarang, eman, kashtan, shumtol, archa kabilar manzarali ko`chatlar sifatida ko`rsatilgan.

Avtomobil yo`llari davlat qo`mitasiga (Qo`mita) avtomobil yo`llariga yondosh hududlarni ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo`yicha qo`shimcha vazifa va funksiyalar yuklatildi. Qo`mita huzuridagi «Avtoyo`lko`kalamzorlashtirish» UK «O`zyo`lko`kalamzorlashtirish» UKga aylantirildi.

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab umumiy foydalanishdagi avtoyo`llarni, shuningdek, shartnoma asosida shaharlarning tegishli ko`chalarini ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish bo`yicha ishlar ko`rsatilgan korxonaning hududiy bo`linmalari tomonidan amalga oshiriladi.


    Boshqa yangiliklar