1. Eringizning topganini faqat do`kon aylanishu falon mingga yasanish uchun sarflamaysiz. «Bolamning oyog`iga, erimning ko`ylagiga, qaynonamning matosiga» deb, pulni tejaysiz. Qarang, hammaning ko`nglini birdek olasiz...
2. «Uyda go`sht yo`q, guruch qolmagan» deb xarxasha qilmay, bor masalliqlardan shunday taom tayyorlaysizki, mazasi og`izda qoladi. Ovqatingizni mazali qilgani esa sizning mehringiz!
3. Nimadir xarid qilsangiz, albatta uning sifatiga ahamiyat berasiz. Uzoqqa etsin deysiz-da!
4. Bolalaringizga pul qaerdan kelishini va qanday sarflash kerakligini ham tez-tez eslatib turasiz. Shu sabab ular ham «Uni olib bering, buni kiymayman» deb norozilik bildirishmaydi.
5. Taom tayyorlasangiz, qozonda uch kunlab yotadiganidan qochasiz. Har ne`matning uvolini bilganingiz uchun ham ro`zg`oringizda baraka bor.
6. Uyda biror buyum buzilib qolsa, uni yaroqsiz chiqitga chiqarishdan avval sozlab, yangi ko`rinishga keltirasiz. «Eskisini yamaguncha esing ketadi» degan naql ro`zg`orga har doim ham mos kelavermaydi.
7. Eringiz sizdan mamnun! Shunday ayoli borligidan faxrlanadi! Chunki siz boshqalarga o`xshab «qachon oylik olasiz?» deb tixirlik qilmaysiz-da! Boriga qanoat qilish esa ulkan yutuqdir.
8. Uyingizga mehmon kelsa, uni yorug` yuz bilan qarshi olasiz. Kam-ko`stingizni bilintirmay, mehmonning ko`nglini olganingiz sabab rizqingiz kutilmagan erdan kelaveradi.
9. Ortiqcha dabdaba, balandparvoz so`zlar sizni chalg`itmaydi. Ortda qolgani ham bir yaxshilikka, kelayotgani esa undan-da yaxshi deysiz.
10. Muomalangiz, xulqingiz namunali. Bu esa xonadoningizdagi fayz-barakadan dalolatdir. Eringizning ham oilasidan ko`ngli to`q. Chunki uni siz kabi oqila va dono ayolga ishonib topshirgan.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






