AsosiyJamiyat

TIBBIYoT XODIMLARINING MAOShI 1 OKTYaBRDAN 100 BALLIK TIZIM BO`YIChA BAHOLAShGA BOG`LIQ BO`LADI

'TIBBIYoT XODIMLARINING MAOShI 1 OKTYaBRDAN  100 BALLIK TIZIM BO`YIChA BAHOLAShGA BOG`LIQ BO`LADI'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 13 sentyabr 2017 yildagi qarori bilan Markaziy tuman (shahar) ko`p tarmoqli poliklinikalari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalari, qishloq vrachlik punktlari hamda vrachlar va o`rta tibbiyot xodimlari faoliyati samaradorligini reyting baholash tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi.

Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab yuqorida sanab o`tilgan tibbiyot muassasalari va ularning tibbiyot xodimlari ishi 100 ballik reyting tizimi asosida baholanadi.

Baholash tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi huzuridagi maxsus monitoring guruhlari tomonidan amalga oshiriladi. U yilda 2 marotaba tibbiyot muassasasining hisobga olish va hisobot hujjatlarini o`rganish yo`li bilan o`tkaziladi. Reyting baholash o`z ichiga to`rt bosqichni. Birichi bosqichda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari vrachlar va o`rta tibbiyot xodimlarining funksional vazifalarni bajarishining to`liqligi ko`rsatkichlari va salbiy ko`rsatkichlar, ikkinchisida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatining to`laqonligi, sifati va pirovard natijalari ko`rsatkichlari, shuningdek, salbiy ko`rsatkichlari baholanadi. Uchinchi bosqichda vrachlar va o`rta tibbiyot xodimlari uchun reyting baholashning to`plangan yakuniy ballaridan kelib chiqib rag`batlantirish yoki jazolash choralari belgilanadi, va so`nngi bosqichda Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan reyting baholash natijalari yakunlari bo`yicha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari rahbarlarining attestasiyasi to`g`risida qaror qabul qilinadi

85 va undan ortiq ball to`plagan patronaj tibbiyot hamshiralari va umumiy amaliyot vrachlari lavozim tarif stavkasiga nisbatan foizlarda moddiy rag`batlantiriladi: 85 balldan 87 ballgacha – 5%; 87 balldan 91 ballgacha – 10%; 91 balldan 96 ballgacha – 15%; 96 balldan 100 ballgacha – 20%.

Eng yuqori ballarni to`plaganlarga bir yilda 2 ta maoshdan ortiq bo`lmagan miqdorda biryo`la mukofot to`lanadi. 55 dan 85 ballgacha to`plaganlar o`z lavozim maoshini ustamasiz oladi. 55 balldan kam to`plagan tibbiyot xodimlariga intizomiy jazo choralari qo`llaniladi.

    Boshqa yangiliklar