O`zingizni yoki biror yaqin insoningizga qo`l soati sovqa qilmoqchimisiz? Ammo uni libosga moslab tanlash kerakmi yoki modagami, degan savolga javob topa olmayapsizmi? Unday bo`lsa, bugungi maslahatlarimiz aynan siz uchun.
Klassika doim urfda
Agar siz dadangiz, aka-uka yoki sevikli yoringizga qo`l soati sovqa qilishni rejalashtirgan bo`lsangiz, klassik uslubdagi soatlarni hech ikkilanmay tanlashingiz mumkin. Chunki liboslarda kabi soatlarda ham klassik hech qachon urfdan chiqmagan. Shuningdek sovqaning bo`lqusi sohibining yoshiga ham e`tibor bering. Yosh yigitlarga tasmasi zamonaviy suratlar bilan ishlov berilgan, o`rta yoshdagi insonlarga charm yoki metall tasmali, katta yoshlilarga esa ingliz lordlariniki singari zanjirlisidan tanlasangiz bo`ladi.
Ish, mavsum va tadbirlar...
• Zamonaviy ishbilarmonlar olamida bu aksessuar insonning mavqeini belgilab beradi. Agar siz ofis hodimi bo`lsangiz, turli bachkana bezaklardan qochganingiz ma`qul. Ish faoliyatingizga mos, jiddiy, sokin soatlarni tanlang. Klassik uslubdagi soatlarning siferblatiga ahamiyat bering, unda odatda sonlar rim raqamlarida yoziladi. Shuningdek, bunday soatlarning tasmasi ham charmdan ishlanadi.
- Faol, harakatchan va ishbilarmon insonlar uchun xronograf, sekundomer yoki kompas bilan boyitilgan «casual» usulidagi soatlar ayni muddao. Bunday aksessuarni jinsi shimlar, turli kundalik liboslar bilan osongina moslashtirasiz.
- Bugun ko`pchilikda uchraydigan tilla yoki kumushrang soatlarni qo`shimcha boshqa aksessuarlaringizga moslab taqqaningiz maqul. Uzuk, bo`yningizdagi zanjir ranglari ham soatga mos kelishi kerak.
• Agar oqshom, to`y-hashamlarga otalanayotgan bo`lsangiz, sizga tasmasi yorqin rangli va mayda toshli soatlar ham chiroyli, ham foydali aksessuar sifatida qo`l keladi. Soatdagi toshlarning turli rangga kirib tovlanishi esa sizga yana ham joziba baqishlaydi.
• Yoz mavsumida esa soatlarda turli yaltirok bezaklardan cho`chimang. Bu mavsum yorqin ranglarni bemalol «hazm» qiladi.
Sport uslubidagi soatlar
Eng avvalo soat tanlaganingizda siz uchun foydasi tegadigan tamonlarini o`ylab ko`ring. Masalan, sizga sport uslubidagi soat kerak bo`lsa, birinchi galda mustahkamligini tekshirib ko`rish foydadan holi emas. Agar soatdan sport mashqulotlari uchun emas, oddiy aksessuar sifatida foydalanmoqchi bo`lsangiz, demak birinchi o`rinda uni liboslaringizga moslashga harakat qiling. Sport uslubida kiyinishni yoqtiradigan ayollar esa hech ikkinlanmay tabiatning barcha yorqin rangdlarida ishlangan saotlarni tanlashlari mumkin.
Bilakka qarab tanlaymiz...
Nozik bilak sohibalari katta, yo`qon tasmali soatlardan voz kechishlari lozim. Ular ozqin bilaklaringizni yana ham kichraytirib ko`rsatadi. Yaxshisi soat tanlayotganda qo`llarni yanada latofatli ko`rsatadigan, did bilan ishlangan turlariga e`tibor qarating. Masalan, tilla, kumush rangdagi soatlarning mayda toshlar bilan bezatilganlariga diqqat qiling.
Do`mboq bilakli ayollar esa hech ikkilanmay yirik, turli elementlarga boy, katta toshlar bilan bezatilgan soatlarni harid qilishlari mumkin. Ingichka soatlar bilak xajmini yana xam bo`rtirib ko`rsatadi.
Agar avvallari ayollar o`rtasida katta siferblatli soatlar mashhur bo`lgan bo`lsa, bugunagi kunga kelib, dunyoga mashhur diznerlar ayollarga kichikroq siferblatli, erkaklarga esa katta siferblatli turlarni tavsiya etishmoqda. Shuningdek, 20-30 yoshli ayollar o`rtasida bilakka bir necha marta aylantirib taqiladiga saotlar ham urfga kirgan.
Ikkittasi birda!
Bugun zargar ustalarning o`ylab topayotgan qoyalari shu darajada mukammalki, ayollar bir vaqtning o`zida ham bilaguzuk, ham soat taqishlari mumkin. Ya`ni ikkisi birda ishlab chiqarilayapti. Bunday taqinchokni hech ikkilanmay to`y, bazm tadbirlarda turli bilakuzuklar o`rnida ishlatishingiz mumkin.
Shuningdek, soatlarning yana bir foydali tomoni haqida aytib o`tmoqchimiz. Bugun rastalarda bir soatning 4-5 rangdagi tasmalisini (kayfiyatingiz va libosingiz rangiga ko`ra almashtiraverasiz!) uchratishingiz mumkin. Bunday soatlar anchagina mablaqni tejashga ko`maklashadi.
Aliya tayyorladi.Manba: «Sug'diyona» gazetasi






