AsosiyShou-biznes

SERDAR ORTACh TOShKENTDA, 2 KUNLIK DIYDORDAN BEBAXRA QOLMANG!

'SERDAR ORTACh TOShKENTDA, 2 KUNLIK DIYDORDAN BEBAXRA QOLMANG!'ning rasmi

Turkiyalik mashhur xonanda Serdar Ortach 25 sentyabrga o`tar kechasi soat 00:40da Toshketga etib keldi.

Xonandani konsert tashkilotchisi - rejissyor Sa`dulla Abdullaev boshchiligidagi guruh va OAV vakillari kutib oldi.

Toshkentga yana tashrif buyurganidan mamnun ekanini ta`kidlagan xonanda 25-26 sentyabr kunlari ikki soatlik konsert dasturi bilan muxlislarini hushnud etish istagida ekanini bildirdi. Aytish joiz, konsert banerida "fonogramma orqali ijro etiladi", degan yozuv bor. Gap shundaki, xonanda sozandalari bilan tashrif buyurmagani bois qo`shiqlari musiqasi fonogramma orqali qo`yiladi, biroq Serdarning o`zi jonli kuylaydi. Ma`lumot o`rnida atishimiz mumkin, bugun start oladigan konsertda xonanda Serdar Ortach O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan duetini sahnada kuylaydi. Shuningdek, so`z ustasi Obid Asomovni ham "Istiqlol" sahnasida ko`rishga muvaffaq bo`lasiz. Shuningdek, Serdarning bir nechta o`zbek xonandalari bilan kuylagan o`zbek tilidagi "Qo`shiq" nomli qo`shig`idan ham bahramand bo`lasiz. Qisqasi, ikki kunlik ajoyib konsert dasturini o`tkazib yubormang!

Sadoqat ALLABERGANOVA. Fotomuxbir: Islom RO`ZIEV

    Boshqa yangiliklar