Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida ikki kun avval dunyoga kelgan o`zga sayyoralikni eslatuvchi mutant chaqaloq vafot etdi.
Chaqaloqning tashqi ko`rinishi Ridli Skottning fantastik filmidagi o`zga sayyoralik mavjudotni eslatadi.
Chaqaloq burun va quloqlarsiz, ko`zlari kosasidan tashqariga chiqib turgan holda dunyoga keldi.
Onaning aytishicha, bola o`zini yaxshi his qilgan, deyarli yig`lamagan. Ertasi kuni uxlab, qayta uyg`onmagan.
Chaqaloqning otasi qo`shnilar noodatiy chaqaloq tug`ilganligini bilgach, ularning uyiga bolani ko`rish uchun oshiqqanliklarini aytgandi.






