AsosiyHi-tech

YaNGI DAVR TELEVIZORI BILAN KITOB MUTOLAA QILAMIZ

'YaNGI DAVR TELEVIZORI BILAN KITOB MUTOLAA QILAMIZ'ning rasmi

Aqlli Samsung televizori TV dasturlarni tomosha qilishdan tashqari tezkor internet hamda smartfonga o`rnatilgan ilovalardan ham foydalanish imkoniyatini beradi. Taqdimotda loyiha ishtirokchisi Jeyson Barux aqlli Samsung televizori haqida shunday deydi: — Biz sizlarga elektron uskunalari funksiyalarni bajaruvchi yangi avlod televizorini taklif etamiz.

Aqlli Samsung televizori sizning uyingizdagi eko muvozanatni saqlab qolish uchun yordam beradi. Televizorda filmlarni ko`rish bilan birgalikda SmartThing ilovasi orqali uydagi elektr nazorat markazi, isitish va suv ta`minotimarkazlarini nazorat qila olasiz. Bu aqlli Samsung televizorining eng oddiy funksiyasi. Yaratilgan yangi avlod televizori yaqin kelajakda uyning ajralmas qismi bo`lishiga ishonamiz.

Yangi ixtiro qilingan televizorning yana juda ko`p aqlga sig`mas funksiyalari borligini ta`kidlashmoqda: 4-x mm. qalinligiva 120 dyuymli yirik ekran. LeTV xodimining ta`kidlashicha, bu televizor kompyuterdek o`z operasion tizimi, prosessori hamda katta hajmdagi xotirasiga ega. Shu bilan birga sensorli ekran orqali matn yozish va yaxshi ko`rgan asaringizni miriqib mutolaa qilishingiz mumkin. Samsung aqlli televizori yaqin kunlarda sotuvga chiqishi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar