AsosiySUG'DIYONA

KIYIMLARNI ASRASh QOIDALARI

'KIYIMLARNI ASRASh QOIDALARI'ning rasmi
  • Agar ipak kiyim rangini yo`qotgan bo`lsa, 2 osh qoshiq sirka solingan 10 litr suvga 5 daqiqaga botirib qo`ying. So`ng olib, suvi oqib bo`lganidan keyin quruq, toza choyshabga o`rab qo`ying. Ipak matoni siqmaslik kerakligini unutmang.
  • Ipak kiyimlarni sovunli aralashmaga ivitish kerak. Agar libos o`ta ifloslangan bo`lsa, 10 litr suvga 10 ml. miqdorda ichimlik sodasi yoki novshadil spirti qo`shing.
  • Ipakdan tikilgan libos yumshoq bo`lishi uchun loviya, dukkaklilar yoki bug`doy qaynatmasi bilan chayish darkor.
  • Tabiiy mo`ynani hech qachon cho`tka bilan tozalash, tarash mumkin emas. Teng miqdordagi sirka, spirt va suv aralashmasini ifloslangan joyga surtib, tezda toza mato bilan artish kerak.
  • Mo`ynaga jilo berish uchun uni bug`doy yormasi (mannaya krupa) yoki kartoshka kraxmali bilan ishqalab, so`ng yaxshilab qoqib tashlash kerak.
  • Agar mo`ynali buyum namiqib qolsa, uni uy haroratida qurishi uchun osib qo`ying. Fen yoki isitish moslamasi bilan quritmang.
  • Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar