Qaynonam «Uyni tozalaganingizdan keyin ozodalik ifori ufurib tursin», deb ko`p tanbeh berardi. «Bunday iforni qaerdan topaman?» deb, ancha bosh qotirdim. Oxiri yo`lini topdim.
Har gal uydagi gilamlarni changyutgichda tozalagach, polni artish uchun o`zgacha resept kashf qildim. Ya`ni chelakdagi suvga ozgina kir yuvish kukuni va yoqimli iforga ega atirimdan qo`shdim. Shu aralashma bilan pollarni artganimdan so`ng har bir xonadan o`zgacha ifor taraladigan bo`ldi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






