AsosiySUG'DIYONA

KIR YuVISh QOIDALARI

'KIR YuVISh QOIDALARI'ning rasmi

Matoni suvda ivitishdan avval unga yopishtirilgan yorlig`iga nazar soling. Qanday haroratda, qanday kir yuvish kukunidan foydalanish lozimligini bilib oling. Bu kiyimning uzoq xizmat qilishida juda muhim.

  • Mato rangi ham e`tibordan chetda qolmasin. Issiq suvga bir uchini botirib ko`rishingiz mumkin. Agarda suvga ozgina rangi chiqsa, demak, issiq suv ishlatib bo`lmaydi. Aksincha bo`lsa bemalol ivitib yuvishingiz mumkin.
  • Yodingizda bo`lsin, kir oqartiruvchi eritmaning hammasi ham foydali bo`lavermaydi. Avval matoning yorlig`ida oqartiruvchi eritma uchun ruxsat bor-yo`qligiga qiziqib ko`ring. Chunki ba`zi matolar ko`rinishidan mustahkam bo`lsa-da, aslida turli eritmali ishqorlarga juda ta`sirchan bo`ladi. Natijada esa matoning rangi xiralashishi yoki umuman zararlanishi mumkin.
  • Suvga kir yuvish kukunidan solganingizdan so`ng albatta uni aralashtiring. Yo`qsa, kiyim matosida kukuning rangi saqlanib qoladi.
  • Yuvilgan kirlarni albatta sovuq suvda chaying. Chunki sovuq suv libos matosini taranglashtiradi va kir yuvish kukunidan hosil bo`lgan ko`pikni yaxshi ketkazadi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar