"Panasonic" kompaniyasining IFA ko`rgazmasida kiyimlarni rangiga qarab ajratuvchi va taxlovchi robotlar ham yaratilishi ko`zda tutilgan. U ensiz shkafcha tarzida bo`lib, zamonaviy interer tarkibiga kiradi. Unda mavjud bo`lgan kamera apparatga solingan kiyimlarni tahlil qilib, ajratadi va taxlab qo`yadi. Uning egasi kir yuvish mashinasidan olingan kiyimlarni mazkur shkafchaga joylashtirsa, bas. Kelajakda "Panasonic" kompaniyasi barcha uy bekalarining orzusi bo`lgan kir kiyimlarni yuvishni, taxlashni bitta qurilmaga joylashtirishni rejalashtirgan. Bu ixtiro 2019 yilda sotuvga chiqarilishi ko`zda tutilgan.






