AsosiyHi-tech

TURMUShIMIZNI ENGILLAShTIRUVChI DASTURLAR BILAN TANIShTIRAMIZ

'TURMUShIMIZNI ENGILLAShTIRUVChI DASTURLAR BILAN TANIShTIRAMIZ'ning rasmi

Biz haqiqatan ham ajoyibot va mo``jizalarga to`la davrda yashamoqdamiz. O`qishga yoki ishga borguncha, smartfon qadamlaringizni, yuragingiz urishini sanab, jismoniy va ruhiy holatingizni kuzatib boradi, hayotingizning eng esda qolarli voqealarini suratga olib, tarixga muhrlaydi, qo`shiq aytadi, video ko`rsatadi. Biz yuqorida “aqlli” telefonning ba`zi bir fazilatlarini sanab o`tdik, xolos. Uning yana hayotimizni engillashtiruvchi bir qancha ilovalari mavjud. Quyida vaqtingizni tejab, sizga foyda keltiruvchi telefonning yana bir necha muhim fazilatlarini sanab o`tishni lozim topdik...

Memrise bilan chet tilini o`rganamiz. Memrise — chet tilini o`rganayotganlarga yangi so`zlarni eslab qolish uchun eng qulay ilovadir. Inson miyasi kuniga qabul qilgan axborotlarning 80 foizini ikki soat o`tgandan keyin unutadi. Bu dastur esa xotiraning interval tizimidan foydalanib, yangi so`zlarni umrbod xotirasida saqlab qoladi. Dastur xotiraning turli qismlariga ta`sir etuvchi bir necha o`yinlar majmui: audio-vizual o`rganish, takrorlash, mustahkamlash, yorqin suratlar yordamida eslab qolish kabi o`yinlardan iboratdir. Tizim quyidagicha ishlaydi: avvalo tarjima xotirada saqlanadi, keyin yozish qoidasi eslab qolinadi va nihoyat oxirida hammasi ovoz chiqarib aytiladi.
Ishlab chiqaruvchilarning ma`lumot berishicha, bu usul orqali soatiga 44 ta so`zni yodda saqlab qolish mumkin. Ingliz tilini o`rganish kurslari turli-tuman bo`lib, TOEFL, IELTS, inglizcha biznes, boshlovchilar uchun kabi xilma-xil ko`rinish­larga ega.
Ilova bilan tanishish maqsadida bo`l-ganlar avval ishlab chiqaruvchining memrise.com saytida ro`yxatdan o`tib, o`ziga qulay bo`lgan o`quv kursini tanlashi lozim.

Tranjira. Aholining juda kam qismi oila byudjetidagi balansni nazorat qilish uchun hisob-kitob daftarchasini yuritadi. Har oy hammani bitta: “Pullarim qayoqqa ketyapti, axir kechagina ancha pulim bor edi?..” degan savol qiynaydi. Bu savol sizga ham yaxshi tanish bo`lsa kerak? Ba`zida yorqin reklamalar aqlingizni xiralashtirib qo`ysa, keraksiz xaridlarni amalga oshirganingizni sezmay qolasiz. Bunday paytda turmushning moliyaviy tomonini nazoratga olish uchun sodda va qulay bo`lgan “Tranjira” ilovasi yordamga keladi. Uning kirim va chiqimlari bir necha toifalarga bo`lingan, ular pulning qaerdan kelib, qaerga ketayotganini nazorat qiladi. Oy oxirida esa pullaringizning qaerga oqib ketgani haqida statistik ma`lumotga ega bo`lasiz.

Evernote — dangasalar uchun Aksariyat hol-larda “hech narsaga vaqt topolmayapman”, deb boshqalarni emas, o`zimizni aldaymiz.
Har bir inson tasarrufida sutkaning 24 soati mavjud, biror da-qiqasi ortiqcha emas. Kimgadir bu soatlar etarli bo`lsa, kimgadir kamlik qiladi. Dangasalikni bir chetga yig`ishtiradigan bo`lsak, ko`p muammolarning sababi ishni tashkil eta olmaslikda ekanligi ma`lum bo`ladi. Evernote dasturi har tomonlama qulay va foydali bo`lib, ish samarasini oshirishga va vaqtni to`g`ri taqsimlashga xizmat qiladi.
Dastur ko`p funksiyali bloknot tarzida tuzilgan bo`lib, nafaqat undan foydalanuvchiga naf keltiradi, balki vaqtini to`g`ri taqsimlashni istagan har bir odam uchun dasturilamal bo`lib xizmat qiladi. Evernote ning asosiy vazifasi hamma narsani eslab qolishdir. Uning yordamida qo`lyozma matni, qaydlar, fotosuratlar va boshqa ma`lumotlar bloktnotdagi papkalarga joylashtiriladi hamda parol bilan himoyalanadi.
Shuningdek, ilova PDF formatidagi faylni matnli hujjatga aylantiradi, hujjatlarni surat shakliga keltiradi, keyin esa ularni matniy qismi orqali topa oladi, servisning desktop versiyasini bir-biriga moslaydi.
Bundan tashqari, Evernote da brauzerni kengaytirish imkoniyati mavjud. U darhol internet materiallarini, shu jumladan, maqolalarni, tasvirlarni, ajratilgan matnlarni, muhim elektron maktublarni, sizni qiziqtirgan har qanday veb-sahifani xotirada saqlash xususiyatiga ham egadir.



    Boshqa yangiliklar