AsosiyHi-tech

BAAda dunyoda ilk marta 3D-printerda ofis “chop etildi”

'BAAda dunyoda ilk marta  3D-printerda ofis “chop etildi”'ning rasmi

Dubayda 3D-printerda chop etilgan dunyodagi birinchi ofis paydo bo`ldi. Mazkur loyiha qurilgan xuddi shunday binolarga nisbatan 50 foizga arzonroqqa tushdi. Bu haqda BAA hukumati rasmiylari ma`lum qilgan...

Bino shahar markazida, Dubay xalqaro moliya markazining yaqinida joylashgan. Uni “Kelajak ofisi” deb nomlashdi. Unda vaqtincha Dubay kelajak jamg`armasi shtab-kvartirasi joylashgan. Bino aynan mana shu tashkilot tomonidan yaratilgan.
Bir qavatli binoning umumiy maydoni 250 kvadrat metr­ni tashkil etadi. Bino tomi mustahkam bo`lishi uchun uni aylanasimon shaklda ishlashdi. Bino xodimlar ishlashi uchun 100 foiz yaroqli: unga elektr va boshqa telekommunikasiya vositalari o`rnatilgan.

    Boshqa yangiliklar