AsosiyHi-tech

Teleportasiya yaqin 20 yil ichida hayotga tatbiq etiladi

'Teleportasiya yaqin 20 yil ichida  hayotga tatbiq etiladi'ning rasmi

Rossiyalik fizik Sergey Filippov va uning slovakiyalik hamkasbi Mario Ziman kvantlar, ya`ni masofadan turib istalgan ma`lumotni saqlash xususiyatiga ega mayda zarralarni uzatish texnologiyasini ishlab chiqdi...

Olimlarning aytishicha, ular bir vaqtning o`zida buyumlarni bir soniyada bir joydan ikkinchi joyga o`tkazish usulini topishdi. Biroq bu usul 20-25 yillardan so`ng hayotga tatbiq etiladi.

Butun dunyodagi fiziklar bir necha yillardan buyon kvant teleportasiyasi ustida ish olib bormoqda. Hozircha esa ular bir laboratoriyada joylashgan atomning xuddi o`ziga o`xshash nusxasini boshqa laboratoriyada qayta tiklashga muvaffaq bo`lishmoqda.

Sergey Filippovni “Biz nega hanuzgacha avtomobil tirbandligida turib qolmoqdamiz. Nima sababdan uydan ishxonaga to`g`ridan to`g`ri teleportasiya qilolmayapmiz?” kabi savollarqiynaydi. Tadqiqotdagi sherigi slovakiyalik Mario Ziman bilan u amaliyot jarayonida tanishgan. Ularning hamkorligi kvant teleportasiya mavzusida boshlandi.Kvantlar nima o`zi? Bu o`ziga xos usulda yaratilgan mayda zarralar bo`lib, ular istalgan turdagi ma`lumotlar, masalan, zarralarning tuzilishi yoki bank kartalariga oid ma`lumotlarni saqlash xususiyatiga ega. Bunda asosiysi, ma`lumotlarni kvant aralashuvi bilan etkazishda tashqi muhit zarar etkazmasligi.

Masalan, 2011 yilda evropalikva amerikalik olimlar havo orqali La Palma va Tenerife orollari orasida signal uzatishgan. Biroq ularning tajribasi noqulay ob-havo sharoiti tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Filippov va Ziman esa signalni tashqi ta`sirdan himoyalash usullarini o`ylab topishdi. Bu esa shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilish sohasidagi yangi imkoniyatlarni yaratadi.

Filippovning ta`kidlashicha, kvant texnologiyalaridan har birimiz 2040 yillarga boribgina foydalanib ko`rishimiz mumkin. Biroq uni qo`llash hududi o`ta keng bo`ladi. Kvantlar — yangi dori vositalari, mudofaa sanoati, yangi ishlanmalar va elektr quvvatini tejash, degani hamdir.

Kvant teleportasiya haqida gapiradigan bo`lsak, bunda jarayon biroz murakkablashadi. Sodda til bilan tushuntirganda esa u xuddi bir kalitning ikkinchi dublikatini yasashdek gap. Biroq Sergey Filippovning aytishicha, mikro jismlarnigina teleportasiya qilish mumkin, xolos. Insonni esa kvant texnologiyalar yordamida teleportasiya qilishning, afsuski, iloji yo`q.Buning uchun tasavvurga sig`mas darajadagi katta miqdorda elektr energiyasi kerak bo`ladi


    Boshqa yangiliklar