Formula-1 avtomobilining sobiq injeneri yaratgan “AIRPod” avtomobili bosimi atmosfera bosimidan 300 marta yuqori bo`lgan, siqilgan sovuq havo yordamida harakatlanadi.Havo isigach, u dvigateldagi silindrga yuboriladi. “AIRPod”ni quvvatlantirish atigi uch daqiqa vaqtni oladi. Quvvatlantirishning narxi 3 dollarga ham etmaydi. “Zero Pollution Motors”ning ma`lum qilishicha, “AIRPod” AQSh hududida shu yildan boshlab sotila boshlaydi.






