AsosiyHi-tech

XITOYLIKLAR ENG TEZYuRAR POEZDNI IShLAB ChIQARADI

'XITOYLIKLAR ENG TEZYuRAR POEZDNI IShLAB ChIQARADI 'ning rasmi

Dunyodagi eng yirik­ temir yo`l ishlab chiqa­ruv­chi­laridan biri Xitoyning CRRC kompaniyasi yangi turdagi, ya`ni magnit yostiq­chasidagi poezdlarni ish­lab chiqarishni yo`lga qo`y­ganini ma`lum qildi. Bunday turdagi texnologiya “maglev”(Ingliz tilidan tarjima qilinganda magnit levitasiya) deb ham ataladi.

Kompaniya xodimlarining ma`lumot berishicha, yangi ishlanma soatiga 600 kilometr masofani bosib o`tishga qodir. Bunday ko`rsatkich hozirgacha dunyoning hech bir yo`lovchi poezdi tomonidan qayd etilmagan. O`tgan yili Yaponiyadagi yo`lovchi poezdlar soatiga 590 kilometr masofani bosib o`tib, rekord o`rnatgan edi.

Yangi turdagi poezdlar 2027 yilga kelibgina yo`­lov­chi­lar­ni tashish imkoniga ega bo`ladi. Uni hayotga tatbiq etish uchun yaxshigina mablag` zarurligi ta`kidlanmoqda.

Xitoy magnit yostiqchada harakatlanadigan poezdlardan foydalanish bo`yicha dunyoda etakchi mamlakatlardan biri sanaladi. Mana shunday liniya bir necha yildan buyon Shanxay aeroportini shahar markazi bilan bog`laydi. Undagi poezdlar esa soatiga 430 kilometr masofani bosib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar