AsosiySalomatlik

Shifo maslahat: “TUTQANOQNING DAVOSI BORMI?”

'Shifo maslahat: “TUTQANOQNING DAVOSI BORMI?”'ning rasmi

Qizimni 18 yoshidan beri davolatamiz. Hozir 34 yoshda. Ammo haligacha tutqanoq xurujidan xalos bo`lolmaydi. Nima qilishni, qaerga murojaat etishni ham bilmay qoldik. Bu dardning davosi bormi o`zi?

S., Samarqand viloyati

Oybek PARDABOEV, oliy toifali shifokor-nevrolog:

Ayni dam qizingizning holatiga baho berish uchun neyroxirurg va nevropatolog mutaxassislarning ko`rigi talab etiladi. Avval to`liq tekshiruv o`tkazilishi, tahlil xulosalariga ko`ra tutqanoq xuruji paydo qilayotgan omil aniqlanishi kerak. So`ng shunga ko`ra davo chorasi tanlanadi. Muolaja dorilar va dorisiz usullarda o`tkazilib, shifokor tomonidan tayinlanadi. Agar ilgari ham biror davolash chorasi qo`llangan bo`lsa, bu haqda shifokor ko`rigida ma`lum qilishni unutmang. Kamida to`rt martalik turli xildagi muolaja usullari naf bermasa, jarrohlik aralashuviga yo`llanma berilishi ham ehtimoldan xoli emas.

    Boshqa yangiliklar