AsosiyJamiyat

​«O`ZBEKISTON HAVO YO`LLARI» GUANChJOUGA ILK YuK PARVOZINI AMALGA OShIRDI

'​«O`ZBEKISTON HAVO YO`LLARI» GUANChJOUGA ILK YuK PARVOZINI AMALGA OShIRDI'ning rasmi

«O`zbekiston havo yo`llari» MAK Xitoyning Guanchjou aeroportiga ilk yuk parvozini amalga oshirdi.

20 sentyabr kuni «O`zbekiston havo yullari»ning yuk samolyotida «Navoi» xalqaro aeroportidan Guanchjouga reys amalga oshirildi.

Yangi yuk aviaqatnovining ochilishi milliy aviatashuvchiga «Navoi» aeroportidan xalqaro qatnovlar geografiyasini kengaytirish imkonini beradi.

Ushbu aviaqatnov o`zbekistonlik eksportchilarga yangi imkoniyatlar eshigini ochib, ikki mamlakat o`rtasidagi iqtisodiy biznes-hamkorlikni mustahkamlaydi.

Ayni damda «Navoi» xalqaro aeroportidan Milliy aviatashuvchining samolyotlarida Frankfurt, Dehli, Dubay, Shanxay va Tyanszinga yuk reyslari amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar