AsosiyJamiyat

​DONALD TRAMP ShAVKAT MIRZIYoEVNI QUTLADI

'​DONALD TRAMP ShAVKAT MIRZIYoEVNI QUTLADI'ning rasmi

Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni AQShga tashrifi bilan qutladi.

Mazkur tabrik maktubi davlatimiz rahbari sharafiga shu yil 21 sentyabr kuni tashkil etilgan O`zbekiston va AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida o`tkazilgan qabul marosimida o`qib eshittirildi.

Qutlov izchil rivojlanib borayotgan O`zbekiston va AQSh munosabatlarining bugungi holatini ifoda etib, ikki davlat Prezidentlarining mamlakatlarimiz o`rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida yakdilligini tasdiqladi.

Tabrik matni O`zAda e`lon qilindi.

Oq uy,

Vashington shahri,

2017 yil 20 sentyabr

Melaniya va men O`zbekiston Respublikasi elchixonasi hamda Amerika-O`zbekiston savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan qabul marosimining barcha qatnashchilarini tabriklaymiz. Amerika xalqi nomidan Prezident Shavkat Mirziyoevni Amerika Qo`shma Shtatlariga tashrifi bilan chin dildan qutlaymiz. O`zbekiston 1992 yildan buyon xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyo mintaqasini taraqqiy ettirish bo`yicha umumiy sa`y-harakatlarimizda muhim sherikka aylandi. Amerika Qo`shma Shtatlari iqtisodiyotga sarmoya kiritish orqali hamda madaniy aloqalar va turli darajadagi hamkorlik asosida davlatlarimiz o`rtasidagi munosabatlarni mustahkamlab kelayotgan o`zbekistonlik sheriklarimiz faoliyatini qadrlaydi. Qo`shma Shtatlar o`zaro do`stlik rishtalarini rivojlantirish va kelgusi avlodlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish yo`lida olib borilayotgan ishlarni davom ettiradi. Qabul marosimi barcha qatnashchilar uchun sermazmun o`tishini tilayman.

    Boshqa yangiliklar