— Bir necha hafta ilgari yiqilib tushganim sabab oyog`im suyagida darz ketish yuzaga keldi. Yaqinda esa homilador ekanligimni bildim. Oyog`imdagi jarohatga gips qo`yishgan, ammo vaqti-vaqti bilan og`riq berayapti. Hozirgi holatimda og`riq qoldiruvchi dorilar ichishim mumkinmi?
Noila Dadaboeva, Samarqand viloyati
Sunnatilla Yulchiev, sport shifokori:
— Og`riqning sababi ortopedik rejimga rioya qilmaganingizdan kelib chiqqan. Shifokor buyurgan tavsiyalarga amal qilishingiz oyoqqa zo`riqish tushirmasligingiz lozim. Og`riqsizlantiruvchi preparatlarga kelsak, ginekolog shifokor bilan maslahatlashgan holda ma`lum turdagilariga murojaat etsangiz bo`ladi. Ammo o`zboshimchalik bilan emas.






