O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkorligida “O`zbekistonning Harakatlar strategiyasi doriasidagi tashqi siyosiy faoliyati” mavzuida xalqaro davra suhbati o`tkazildi.
Unda Buyuk Britaniya, Belgiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Rossiya Federasiyasi, AQSh, Fransiya, Shvesiya, Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning xalqaro ekspertlari tomonidan 2017 — 2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
“TAShQI SIYoSAT HARAKATLAR STRATEGIYaSINING MUHIM JIHATI”
A.Jumanov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori:
— Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizasiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo`yicha ustuvor yo`nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi.Harakatlar strategiya loyihasi dolzarb hamda aholini tashvishga solayotgan masalalarni kompleks o`rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo`yicha ishlab chiqilgan.Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning beshinchi bosqichi aynan tashqi siyosat, ya`ni xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo`naltirilgandir. Mazkur strategiyada belgilangan vazifalarga ko`ra, bugungi kunda davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O`zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo`shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida qator samarali ishlar amalga oshirildi.

“DUNYo DAVLATLARI O`Z TARAQQIYoT MODELINI ShAKLLANTIRIShGA INTILMOQDA, BIROQ...”
Lord Moxammed Ilfat Sheyx, Buyuk Britaniya parlamentining lordlar palatasi a`zosi:
— Bugungi kunda jahondagi ko`plab davlatlar demokratik tamoyillar asosida o`z taraqqiyot modelini shakllantirishga intilmoqda. Masalan, Evropa davlatlarini oladigan bo`lsak demokratiyani amalga oshirish uchun harakatlarni boshlaganiga 700 yil bo`libdi-ki, hanuz unga erishilganicha yo`q. Harakatlar strategiyasi maqsadlari mamlakat kelajak taraqqiyotini belgilab beradi. Ayniqsa, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga e`tibor qaratilayotgani, ta`lim sifatini oshirishga urg`u berilayotgani, qonun ustuvorligini, millatlararo bag`rikenglikni ta`minlash asosiy maqsad sifatida belgilangani diqqatga sazovordir. Bu barqaror rivojlanish maqsadlarining ilg`or g`oyalariga tayangan holda, inson manfaatlarini ta`minlashning muhim omili sanaladi, albatta. O`ylaymanki, bundaqo`yilgan maqsadlar faqat besh yilni emas, yillar davomida amalga oshiriladigan vazifalar ham o`z ichiga qamrab olgan.

Rashmini Koparkar, Hindistondagi “Vivekananda”xalqaro fondining ilmiy xodimi:
— Mamlakatingizda ikkinchi marotaba bo`lishim. Va bu yurtdagi demokratiya sari bosilgan qadam o`zining ijobiy natijalarini ko`rsatayotganini guvohi bo`lyapman. Ayniqsa, bu erdagi “Mahalla” Davlat hokimiyatining eng past bo`g`ini bo`lishiga qaramay uning faoliyatigadavlat tomonidan katta vakolatlarning berilishi ham aynan demokratiya sari qadamlarning samarali natijalarga erishishida ko`maklashuvchi muhim omillardan biridir. Sababi demokratiya bu —xalq hokmiyati ekan. Aynan aholining dardi, uning ehtiyojlari faqat mahalla orqali yanada oydinroqdir. Harakatlar strategiyasi haqida esa fikrlarim ijobiy.
Xalqaro ekspertlar tomonidan qayd etilishicha, Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan uyg`undir. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan elchilar hamda xorijiy ekspetrlarushbu dasturilamal hujjatning yurtimiz kelajagi uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlashdi. Mazkur davra suhbatini tashkil etishdan maqsad ham mazkurstrategiya bo`yicha xalqaro ekspertlarning bahosini bilish hamda yurtimizning ichki siyosatini tashqi siyosatidagi o`z aksini ifodalashdan iboratdir.
Inobat ERNAZAROVA





