Meksika sohillarida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo`ldi.
Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar berdi. Amerikalik seysmologlarning ma`lum qilishlaricha, zilzila epimarkazi Meksikaning Eldorado shahridan 107 kilometr janubi-g`arbda joylashgan. O`chog`i 10 kilometr chuqurlikda bo`lgan.
Jabrlanganlar, vayronalar hamda sunami xavfi haqida ma`lumotlar yo`q.
19 sentyabr kuni mamlakatda sodir bo`lgan so`nggi 100 yildagi eng kuchli zilzila qariyb 300 kishining hayotiga zomin bo`ldi. Uning magnitudasi 7,1 tashkil qildi. Qidiruv-qutqaruv ishlari tunu-kun olib borilmoqda.






