PIYoDALAR TELEFONDAN FOYDALANSA JARIMAGA TORTILADIMI?
Piyodalar o`tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanish mumkin emasmi?
E.Yusupov, Toshkent shahar Chilonzor tumani
Xolmatjon SAYDALIEV, O`zbekiston Respublikasi IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig`i:
O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksining 1381-moddasiga ko`ra, piyodalarning yo`l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo`ysunmasligi, ularning yo`lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o`tishi piyodalar yo`lning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar o`tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni o`qishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek e`tiborni chalg`itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yo`ldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yo`l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo`ysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko`rsatma beruvchi yo`l belgilari talablariga rioya etmasligiga nisbatan eng kam ish xakining uchdan bir qismi mikdorida jarima solinadi.





