AsosiyJamiyat

​O`RTAChIRChIQ TUMANIDA SODIR BO`LGAN BAXTSIZ HODISADA 3 YoShLI BOLA HALOK BO`LDI

'​O`RTAChIRChIQ TUMANIDA SODIR BO`LGAN BAXTSIZ HODISADA 3 YoShLI BOLA HALOK BO`LDI'ning rasmi

O`rtachirchiq tumanida sodir bo`lgan yana bir baxtsiz hodisa oqibatida 3 yoshli bola halok bo`ldi.

Fojea jabrlanuvchi qarovsiz qolib, uyi oldidan oqib o`tuvchi ariqda cho`kib ketishi oqibatida sodir bo`ldi.

Mazkur baxtsiz hodisa bolalar o`limiga olib kelgan yagona holat emas. Sodir bo`lgan baxtsiz hodisalarning aksariyati ota-onalar tomonidan farzandlarini qarovsiz qoldirilishi natijasida yuzaga kelgan.

Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qurbonlarning yaqinlari va oila a`zolariga hamdardlik bildirilib, bu kabi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida ota-onalardan har qanday holatda o`z farzandlarini qarovsiz qoldirmaslik so`raladi.

Bolalarni ko`pi bilan ikki minutda uncha ko`p bo`lmagan suvda ham cho`kishlari mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim, shuning uchun ularni hech qachon ochiq suv havzalari va hovuzlar oldida qoldirmaslik kerak.

Shuningdek, tuzalmas xatoliklarga kattalarning odatlari olib kelishi mumkinligini esdan chiqarmaslik lozim: deraza, dahliz eshigini ochiq qoldirish, bolani dori, qaychi, nina, issiq dazmol, issiq suyuqliklar, kuchli ta`sir qiluvchi moddalarni yonida qoldirish (bolalar o`rtasida uchraydigan jarohat turlari ichida kuyish, doridan zaxarlanish holatlari ko`p kuzatiladi).

Uyda bolalarga shikast etkazishi mumkin bo`lgan barcha buyumlarni yig`ishtirish lozim (bolalardagi ko`plab maishiy jarohatlar oilada bola uchun xavfsiz muhitning yaratilmaganligi, ya`ni kattalarning aybi bilan sodir bo`ladi).

Bu odatlardan saqlanib bolalar jarohat olishi ehtimolini kamaytirish mumkin, zero bolalar erta yoshda o`ta harakatchan bo`lib, tajribasizlik va qiziquvchanlik oqibatida o`zlariga tushunmagan holda jarohat etkazishlari mumkin, deb yozadi Toshkent viloyat prokuraturasi.

    Boshqa yangiliklar