2017 yilning 20 sentyabr kuni “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ sexida gazdan propan va butan ajratish qurilmasini tozalash vaqtida, ehtiyotsizlik oqibatida zavod ishchilaridan 4 nafari gazdan zaharlangan.
Oqibatda 3 nafar xodim – sex boshlig`i A`zam Kuliev, operatorlar Qudrat To`raev va Umrzoq O`rinovlar birinchi tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramay voqea joyida vafot etishgan.
Operator Davron Botirov Muborak tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Mazkur holatning kelib chiqish sabablarini o`rganish va bu kabi hodisalarning olidini olish bo`yicha hukumat komissiyasi tuzilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Komissiya tomonidan vafot etganlarning oila a`zolariga barcha zaruriy yordamlarni ko`rsatish bo`yicha choralar ko`rilmoqda, deya xabar beradi FVV matbuot xizmati.






