AsosiySport

MUNDIALNI 41 TA ShAHAR QABUL QILADI

'MUNDIALNI 41 TA ShAHAR QABUL QILADI'ning rasmi


JCh-2026 musobaqasini o`tkazish uchun da`vogar AQSh, Kanada va Meksika birlashgan tashkiliy qo`mitasi 48ta terma jamoa ishtirok etadigan chempionat o`yinlari o`tkazilishi uchun da`vogar bo`lgan shaharlar nomini aniqlab oldi.

ESPN nashri bergan xabarga ko`ra, kiritilgan katta ro`yxatdan Kalgari, Grin-Bey va San-Diego shaharlari tushib qoldi. Natijada dastlabki ro`yxatga kiritilgan 41 shahar ajratib olindi. Ularning 32tasi AQSh, 6tasi Kanada va 3tasi Meksika shaharlaridir.

FIFA uchun taqdim etiladigan rasmiy ro`yxatda 20–25ta shahar qoladi. Ariza 2018 yilning 16 martida taqdim etiladi. FIFA talabiga ko`ra, JCh o`yinlarini o`tkazish uchun da`vogar shaharlar soni 12tadan kam bo`lmasligi lozim.

Eslatib o`tamiz, oldinroq JCh-2026 musobaqasini o`tkazish uchun Afrika mintaqasidan Marokash ham da`vogar ekani ma`lum bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar