AsosiyHi-tech

OILAVIY AQLLI ROBOT YaRATILDI

'OILAVIY AQLLI ROBOT YaRATILDI'ning rasmi

“NX Robo” kompaniyasi intellektual funksiyalarga ega BIG-i robotini taqdim etdi. Uskuna oilaning a`zosiga aylanishi mumkin, deb ta`kidlaydi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Robot uy ichida kichik g`ildiraklar yordamida yuradi. U oila a`zolarining ovozi va yuzini taniydi, ularni begonalardan ajratadi, inson nutqini tushunadi. Shuningdek, yangi robot kundalik rejalarni eslatib turishi mumkin.

U har bir buyruqni qisqa algoritmga aylantirib, shu asosda bajaradi. Masalan, unga “Hamma ketganidan so`ng chiroqni o`chir”, deyilsa, u xonani barcha tark etishini kutib turadi, so`ng chiroqni o`chiradi.

Robot o`rganishga qodir — sekin-asta u funksiyalarini boyitib boradi va axiyri chinakam oila a`zosiga aylanadi. Bundan tashqari, u “Yulduzli janglar”dagi mashhur R2D2 robotiga o`xshab ketishi bilan diqqatga sazovor. Unga qog`ozdan libos kiydirish mumkin — bu robotning funksiyalariga ta`sir o`tkazmaydi.

    Boshqa yangiliklar