AsosiyHi-tech

O`ZBEKISTON JAHONNING NUFUZLI KOMPANIYaLARIDAN BIRI MICROSOFT BILAN HAMKORLIK QILADI

'O`ZBEKISTON JAHONNING NUFUZLI KOMPANIYaLARIDAN BIRI MICROSOFT BILAN HAMKORLIK QILADI'ning rasmi

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Microsoft kompaniyasi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ikki tomonlama hamkorlik yo`nalishlari ifodalangan hujjat O`zbekiston hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida jahonning nufuzli kompaniyalaridan biri bo`lgan Microsoft bilan aloqalarni yangi bosqichga ko`taradi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy sayti.

Hujjatda intellektual mulkni himoya qilishni kuchaytirish, O`zbekistonda kiber xurujlarga qarshi tizimlarini mustahkamlash, axborot texnologiyalari va "bulutli" texnologiyalarda, shuningdek mobil ishlanmalar, ochiq ma`lumotlar hamda "salmoqli ma`lumot" (big data) ni tarqatish va qayti ishlashda, dasturiy ta`minot ishlab chiqarish, "internet buyumlari" uchun ishlanmalar tayyorlash yo`nalishlarida innovasiyalarni amalga oshirish kabi istiqbolli hamkorlik belgilab olindi.

Hamkorlik memorandumiga ko`ra, aloqalar bosqichma-bosqich mustahkamlanib boradi va amalga oshiriladi. O`zaro hamkorlik o`rnatish shartlariga ko`ra, Microsoft kompaniyasi o`zbekistonlik mutaxassislar bilan "bulutli" va mobil texnologiyalar bo`yicha tajriba hamda bilimlarini o`rtoqlashadi, startaplarni amalga oshirish va "bulutli" va mobil biznes-ishlanmalarni, ochiq va salmoqli ma`lumot tizimlarini yaratish, shuningdek IT-ko`nikmalarni va kiber xurujlardan himoyalanish bo`yicha tashkil qilinadigan mashg`ulotlarni o`tkazishda malakali ekspertlar bilan qo`llab-quvvatlaydi.

    Boshqa yangiliklar