"Robot-futbolchi" Bugungi kunda “aqlli” temirtanlar ishtirokidagi sport musobaqalari ham asta-sekin ommaviylashib bormoqda. Xususan, 1997 yildan beri dunyoning turli shaharlarida o`tkazib kelinayotgan robotlar o`rtasidagi futbol bo`yicha jahon chempionati allaqachon o`z muxlislariga ega bo`lib ulgurdi.
“RoboCup” turnirida kichik, o`rtacha, katta, standart va gumanoid kabi turlarga bo`lingan robotlar o`zaro bellashadilar. Xuddi shunday musobaqaning so`nggisiga 2014 yilning iyul oyida Braziliya mamlakati mezbonlik qilgandi.
To`g`ri, robot-futbolchilar haqiqiy charmto`p ustalari kabi chaqqon va epchil emas, ammo ular yildan-yilga takomillashtirilib borilmoqda. Soha mutaxassislarining tahmin qilishlaricha, 2050 yilga kelib gumanoid robotlar insonlarni futbolda bemalol mag`lub eta oladigan bo`ladi.





