AsosiyJamiyat

​DAVLAT SOLIQ QO`MITASI «OChIQLIGI INDEKSI»NING REYTINGIDA YaNA BIRINChI O`RNIDA

'​DAVLAT SOLIQ QO`MITASI «OChIQLIGI INDEKSI»NING REYTINGIDA YaNA BIRINChI O`RNIDA'ning rasmi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligi bo`yicha o`tkazilgan monitoring natijalari asosida O`zbekistonda «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati «Ochiqligi indeksi»ning Reytingi» e`lon qilindi.

Respublikamizdagi 52 ta davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati baholangan mazkur reytingda Davlat soliq qo`mitasi 96 ball bilan birinchi o`rinni egalladi.

Reyting davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta`minlash bo`yicha faoliyatni muvofiqlashtirish va monitoring bo`yicha jamoatchilik kengashi tomonidan tuzilgan.

Reytingni shakllantirishda fuqarolar uchun ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan axborotlardan foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratilganligi, axborot olishga doir so`rovlarning o`z vaqtida va sifatli ko`rib chiqilishi, Axborot xizmatlari va idoraning rasmiy sayti faoliyati samarali yo`lga qo`yilganligi masalalari bevosita joyiga chiqqan holda o`rganilib, tahlil qilingan.

    Boshqa yangiliklar