AsosiySUG'DIYONA

ERKAKLAR HAQIDA 4 XIL TASAVVUR. QAY BIRI TO`G`RI?

'ERKAKLAR HAQIDA 4 XIL TASAVVUR. QAY BIRI TO`G`RI?'ning rasmi

“Doim kulib tursam unga yoqaman”

To`g`ri ba`zi hollarda bu usul ish beradi. Biroq ayrim erkaklar ayolning xushchaqchaqligini ortiqcha bachkanalikka yo`yishadi. Yoki mendan biror nima undirmoqchi degan xulosaga kelishlari mumkin. Shu bois tabassum ham meyo`rida bo`lsin.

“Aqlli fikrlarni aytsam, parvo qilmaydi”

Balli, erkakni kamstishning eng zo`r yo`lini topibsiz. Garchi aytayotgan so`zlaringiz orsida o`ziga taalluqli tomonini allqachon tushungan bo`lsa-da, bu uning uchun “Sen shulardek bo`lolasanmi?” deganini bildiradi. Yaxshisi uni boshqalarga taqqoslamay maqtab turing.

“Menga e`tiborsiz, bir rashk qildiray”

Ba`zi erkaklar tabiatan e`tibor ko`rsatishni har kungi muomala bilan izohlashadi. Agar uni rashk qildiraman desangiz yoki umuman sizdan sovib ketadi, yo o`rtaga ishonchsizlik raxna soladi. Shu bois uni boricha qabul qiling.

“Ba`zida aktrisalik zarar qilmaydi”

Erkaklar aqlli ayollarni unchalik xushlamaydi. Shu bois vaqti-vaqti bilan o`zingizni uquvsiz ayoldek tutib, uning zehniga tasanno ayting. Bundan erkaklar yanayam ruhlanadi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar