AsosiyDunyo

POKISTON ISLOM RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI DELEGASIYaSI O`ZBEKISTONGA TAShRIF BUYuRDI

'POKISTON ISLOM RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARI DELEGASIYaSI O`ZBEKISTONGA TAShRIF BUYuRDI'ning rasmi

2017 yil 18 sentyabr kuni Pokiston Islom Respublikasi Qurolli Kuchlari shtablar boshliqlarining Birlashgan qo`mitasi raisi, general Zubayr Mahmud Hayot boshchiligidagi delegasiya rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga keldi.

Tashrif doirasida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov general Zubayr Mahmud Hayotni qabul qildi. Shuningdek, mamlakatimiz mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov mehmonlar bilan uchrashdi.

Muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlik va ikki tomonlama harbiy hamkorlikning bugungi holati, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

Pokiston delegasiyasi rahbari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdi va institut faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif dasturida Buxoro va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirish va qabriga gul qo`yish ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar